Kecha "Bunyodkor" stadionida jahon mashhur qo‘shiqchi Jennifer Lopesning konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
15 ming atrofida tomoshabin kirgan konsertdan so‘ng yurtimizdagi eng asosiy futbol arenasining maydoni juda jiddiy zarar ko‘rgan.
Buni quyidagi suratlardan ham ko‘rishingiz mumkin:
Ma’lumot o‘rnida, bu stadionda avgust oyi oxirida CAFA Nations Cup-2025 o‘yinlari o‘tkazilishi kerak edi.