Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC jangchisi Xamzat Chimayevning aytishicha, UFC 308 turnirida Robert Uittakerda g‘alaba uchun imkoniyat bo‘lmagan.

Sportchining so‘zlariga ko‘ra, u jangning boshidayoq bellashuvni muddatidan oldin tugatishi mumkinligini his qilgan.

"Uittaker bizning jangda g‘alaba qozonishi mumkin edi deb o‘ylamayman. Odamlar meni birinchi raundda kuchini to‘liq ishlatadigan yigit deb o‘ylashadi. Lekin agar jangni tezda tugatishim mumkinligini his qilsam, shunday qilaman. Uni yerga yiqitdim, biroz kurashdik, va bir daqiqa o‘tgach, u unchalik ham kuchli emasligini angladim. Odamlar UFC jangchilari bilan Olimpiada chempionlari darajasi qanchalik farq qilishini tushunmaydi. Agar men Olimpiyachiga qarshi jang qilsam, u meni yo‘q qilib tashlaydi", — dedi Chimayev.

Kiritildi: 23:32 08.08.2025. O'qildi: 1634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!