"Rossiya prezidenti Administrasiyasi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Kozak Vladimir Putinga Rossiya–Ukraina urushini tugatish rejasini taqdim etib, tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirgan", deya yozmoqda gazeta manbalarga tayanib.
Nashrning xabar berishicha, Kozak, shuningdek, Rossiya maxsus xizmatlarini hukumatga bo‘ysundirish va mustaqil sud tizimini yaratishni taklif qilgan.
"Kozak Putinning atrofidagi yuqori lavozimli amaldorlar orasida urushga ochiqchasiga qarshi chiqqan yagona shaxs. U Ukrainaga bosqinni xato deb hisoblashini aytgani uchun prezidentni ranjitgan. Ilgari Putinning asosiy yordamchilaridan biri bo‘lgan Kozak urushni tanqid qilgani uchun, o‘z vakolatlarining katta qismini va prezidentga ta’sirini yo‘qotgan", deb yozadi The New York Times.