Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

G‘azoda halok bo‘lgan Al Jazeera muxbirining vasiyati e’lon qilindi

G‘azoda halok bo‘lgan Al Jazeera muxbirining vasiyati e’lon qilindi

Isroil armiyasining Ash-Shifo shifoxonasi yaqinida jurnalistlar uchun o‘rnatilgan palatkaga bevosita zarba berishi natijasida halok bo‘lgan Al Jazeera muxbir Enes esh-Sherifning vasiyati oilasi tomonidan e’lon qilindi.

«Bu mening vasiyatim va so‘nggi xabarim. Agar bu so‘zlaringizga yetib borsa, biling: Isroil meni o‘ldirishga va ovozimni o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi. Sizlarga tinchlik, Allohning rahmati va barakasi bo‘lsin», — deyiladi vasiyatda.

Enes esh-Sherif so‘zlariga ko‘ra, u o‘z xalqi ovozi bo‘lish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan.

«Ko‘zlarimni ochganimdan beri Jabaliya qochqinlar lageri ko‘chalari va mahallalarida o‘sib-ulg‘aydim. Umidim shu ediki, Alloh umrimni uzaytirsin va men oilam va yaqinlarim bilan birga okkupasiya qilingan Askalan (Majdal)dagi abadiy uyimizga qaytay. Ammo taqdir va Allohning irodasi oldinroq amalga oshdi», — deyiladi hujjatda.

Kiritildi: 17:47 11.08.2025. O'qildi: 1159 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!