Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvga atigi bir necha kun qolganda, prezident ma’muriyati vakillari muzokaralar bo‘lib o‘tadigan aniq joyni belgilash uchun Alyaskaga yo‘l olmoqda. Bundan tashqari, ular kun tartibi va muhokama qilinadigan asosiy mavzularni kelishishda davom etmoqda.
CNN'ning qayd etishicha, mazkur sammit Trampning shaxsiy diplomatiyaga bo‘lgan ishonchi uchun katta sinov bo‘ladi.