Kuni kecha "Oltin to‘p" uchun 30 nafar nomzodning ro‘yxati e’lon qilindi. Krishtianu Ronaldu bu ro‘yxatdan o‘rin olmadi. Mikst-zonadagi jurnalistlar Ronaldudan "Oltin to‘p" haqida gapirib berishni so‘rashdi.
"Bu yolg‘on", - dedi Ronaldu.
Xullas, Krishtianu Ronaldu hozirda "Oltin to‘p"ga jiddiy sovrin sifatida qaramayotganini bildirib o‘tdi.
Xabaringiz bor, Ronalduning o‘zi faoliyatida 5 marta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan. Oxirgi marta bu 2017 yilda sodir bo‘lgan.