"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida himoyachi Abduqodir Husanov muammosi haqida gapirdi.
To‘pig‘idan olgan jarohati tufayli o‘zbekistonlik futbolchi "shaharliklar"ning so‘nggi oltita o‘yinini o‘tkazib yubordi. Husanov so‘nggi bor 21 sentyabr kuni "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (1:1) ishtirok etgan.
"Menimcha, u allaqachon safga qaytishga yaqin, ammo hali ham tayyor emas - uning tanasining juda, juda xavfli qismida jarohat bor edi," - dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" ayni damda Premyer-liganing "Aston Villa"ga qarshi safar o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoalar 26 oktyabr, yakshanba kuni maydonga tushadi.