Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya qamog‘iga tashlangan o‘zbek jamiyati rahbari ozod qilinmaydigan bo‘ldi

Rossiya qamog‘iga tashlangan o‘zbek jamiyati rahbari ozod qilinmaydigan bo‘ldi

Rossiyadagi o‘zbek diasporasi rahbari Usmon Baratov yana 1 yil-u 8 oyga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilindi. Aslida u keyingi oy ozodlikka chiqishi kerak edi.

«Millatlararo nafrat va adovat qo‘zg‘atish»da ayblanib 4 yilga qamalgan Rossiyadagi o‘zbek jamiyati rahbari Usmon Baratov jazoni o‘tash muassasasi xodimiga hujum qilishda ayblanib, yangi muddatga ozodlikdan mahrum etildi — unga koloniya faoliyatini izdan chiqarganlik moddasi bo‘yicha 1 yil-u 8 oy qo‘shimcha qamoq jazosi belgilandi.

Rossiya ommaviy axborot vositalari Baratov jazoni o‘tash muassasasi xodimining videoregistratorini tortib olib, uni xodimga uloqtirganini yozmoqda. Baratov esa kamerani shunchaki burib qo‘yganini aytgan.

Agar yangi jinoiy ish qo‘zg‘atilmaganda, diaspora rahbari joriy yilning 18 noyabrida ozodlikka chiqishi kerak edi. Baratov o‘zining birinchi muddatini «russkiy» atamasini bekor qilib, uni «rossiyskiy» atamasiga almashtirishga chaqirgani uchun olgan edi.

Qolaversa 2024 yil RF Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning shaxsiy ko‘rsatmasi bilan Baratovga nisbatan jinoiy ish ochilgan. U yanvar oyida Rossiyada tuxum narxi oshgani haqidagi xabarlardan so‘ng «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga tovuqlar suratini joylashtirib, «Tuxum bo‘lishi uchun xo‘rozlarni urushdan qaytaring» degan mazmunda izoh qoldirgan.

2024 yilning 27 fevralida Usmon Baratov Rosfinmonitoring ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Kiritildi: 23:27 20.10.2025. O'qildi: 1373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!