Kataloniyaning "Barselona" klubi ispaniyalik vingeri Lamin Yamal "PSJ" e’tiborida bo‘lib turibdi. Bu haqda Fichajes xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij grandi 18 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va 350 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. "PSJ" Laminga asr transferi sifatida qaramoqda.
Joriy mavsumda Lamin Yamal klub miqyosida barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt veb-portali futbolchining narxini 200 million yevroga baholamoqda.