"Oltin to‘p"ning 5 karra sohibi Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ni tark etishga qaror qildi.
El Nacional nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 40 yoshni qarshilagan portugaliyalik futbolchilik faoliyatini o‘zi katta futbolga qadam qo‘ygan qadrdon "Sporting" klubida yakunlamoqchi. "An-Nasr" bilan 2027 yilgacha amalda bo‘lgan shartnomaga qaramay, Ronaldu uyga qaytish uchun astronomik maoshdan voz kechishga tayyor.
Bu mavsumda Ronaldu yettita o‘yinda oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.