Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi etib tayinlandi.
O‘zbekiston vakili ilk bor Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi lavozimini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Mirvohid Azimov joriy yilning may oyida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Bunga qadar u Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.