Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ta’lim krediti olish uchun arizani my.gov.uz orqali berish mumkin

Ta’lim krediti olish uchun arizani my.gov.uz orqali berish mumkin


Kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan bakalavr va magistratura talabalari, shuningdek professional ta’lim o‘quvchilari ta’lim krediti olishi mumkin.

📌 Kredit miqdori:
— 1-bosqich talabalariga — kontraktning 100%i;
— 2-bosqich va undan yuqorida GPA 3 dan past bo‘lsa — 80%gacha;
— GPA 3 va undan yuqori bo‘lsa yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»da bo‘lsa — 100%.

Qizlar uchun kredit foizsiz, o‘g‘il bolalar uchun foiz Markaziy bank asosiy stavkasi asosida belgilanadi.

💳 Kreditni o‘qish tugaganidan keyin 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytarish mumkin.

❌ Super-kontrakt, sirtqi, kechki va masofaviy ta’limda o‘qiyotganlar, shuningdek xorijdagi OTM talabalariga berilmaydi.

📝 Arizalar tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 20:46 15.09.2026. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!