Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Hududlarning bosh rejasini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiyadan mutaxassislar olib kelinmoqda.

Lekin o‘zimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda.

Hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta «og‘ir» mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlandi.

Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Bunday mahallalarga yangicha qiyofa olib kiradigan eng zo‘r loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 million so‘mdan mukofot beriladi.

Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusi shakllantirilishi ta’kidlandi.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!