Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Talabalar kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin

Talabalar kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin
To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga kontrakt summasini o‘quv yili davomida 4 qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Tartibga ko‘ra, kontrakt to‘lovlari quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 25 foiz — 1-kursga tavsiya etilgan talabalar uchun 15 sentyabrgacha, 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun 1 oktyabrgacha; 50 foiz — 1 yanvargacha; 75 foiz — 1 martgacha; 100 foiz — 1 maygacha. Shu bilan birga, belgilangan muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurs talabalari uchun dastlabki to‘lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga, boshqa kurslar bo‘yicha esa tegishli vakolat OTM rektorlariga berilgan. 2025/2026-o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun kontraktning dastlabki 25 foizini to‘lash muddati 30 oktyabrgacha uzaytirilgan edi. Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari kontrakt miqdori va uni to‘lash muddatlarini mustaqil belgilaydi. Joriy yilda OTMga qabul qilingan talabalar kontrakt to‘lovlari bo‘yicha arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishi mumkin. Shuningdek, kontraktni bo‘lib to‘lash imkoniyati super-kontrakt asosida tahsil olishni rejalashtirayotgan abituriyentlarga ham tatbiq etiladi. Biroq bunda dastlab kontrakt summasining 50 foizini to‘lash talab etiladi. Qolgan qismi esa umumiy tartibda bo‘lib to‘lanadi.
Kiritildi: 14:32 27.08.2026. O'qildi: 1010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!