Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Retkliff Moskvada Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvini taklif qilgan

Retkliff Moskvada Tramp, Putin va Zelenskiy uchrashuvini taklif qilgan

MRB direktori Jon Retkliff Moskvaga amalga oshirgan maxfiy tashrifi chog‘ida AQSh prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan.

Bu haqda Axios ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, tashrifning asosiy maqsadlaridan biri Rossiya maxsus xizmatlari rahbarlari Putinni AQSh vositachiligida Ukraina bilan muzokaralarga qaytishga unday olishi yoki yo‘qligini aniqlash bo‘lgan.

Shu maqsadda Retkliff Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin va Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Axios'ning yozishicha, juma kuni amerikalik rasmiylar Zelenskiyni Retkliffning Moskvadagi uchrashuvlari hamda Tramp, Putin va Zelenskiy ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazish taklifi haqida xabardor qilgan.

Zelenskiy bunday formatdagi muzokaralarga avval ham rozilik bildirgan, Putin esa bu taklifni rad etgani qayd etilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Retkliff Bortnikovni Rossiya va AQSh o‘rtasidagi diplomatik muloqotni qayta tiklashga ko‘maklasha oladigan "konstruktiv ishtirokchi" sifatida baholaydi.

Kiritildi: 12:36 30.08.2026. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!