Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Chexiyada samolyot parvozdan 10 soniya o‘tib qulab tushdi

Chexiyada samolyot parvozdan 10 soniya o‘tib qulab tushdi

Chexiya shimolidagi Semili tumaniga qarashli Vshen posyolkasi aeroportida o‘ta yengil samolyot halokatga uchradi.

Bu haqda yakshanba kuni polisiya matbuot kotibi Ivana Balakova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot shanba kuni kechqurun havoga ko‘tarilganidan taxminan 10 soniya o‘tib yerga qulab tushgan va yong‘in chiqqan.

«Ikki o‘rinli o‘ta yengil samolyotda yolg‘iz bo‘lgan uchuvchi, afsuski, halok bo‘ldi», — dedi Balakova.

Hodisaning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 15:08 30.08.2026. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!