Bugun 29 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Uch yoshida taxtga chiqqan Uganda monarxi 34 yoshida vafot etdi

Uch yoshida taxtga chiqqan Uganda monarxi 34 yoshida vafot etdi

Ugandada Toro qirolligi hukmdori Rukidi IV 34 yoshida vafot etdi. U dunyodagi eng yosh amaldagi monarx hisoblanar edi.

Bu haqda Reuters Toro qirolligi bosh vaziri bayonotiga tayanib xabar berdi.

Monarxning o‘limi sababi oshkor qilinmagan.

Avvalroq qirolning ahvoli og‘ir ekani va u AQShda onkologik kasallikdan davolanayotgani xabar qilingan edi.

Oyo Nimba Kabamba Iguru Rukidi IV Ugandaning g‘arbiy qismida, Kongo Demokratik Respublikasi chegarasi yaqinida joylashgan Toro qirolligini boshqarib kelgan. U 1995 yilda otasining to‘satdan vafotidan so‘ng uch yoshida taxtga o‘tirgan va dunyodagi eng yosh amaldagi monarx sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Uganda saylanadigan davlat rahbariga ega respublika hisoblanadi. Shunga qaramay, mamlakatda mustamlakachilikdan oldingi davrda shakllangan bir qator an’anaviy qirolliklar hanuz saqlanib qolgan.

An’anaviy monarxlarning siyosiy vakolatlari asosan ramziy xususiyatga ega, biroq ular jamiyatda sezilarli madaniy va ijtimoiy ta’sirini saqlab qolgan.

Kiritildi: 15:33 28.08.2026. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!