«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi klublar darajasida 800 ta gol urish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichni zabt etdi.
39 yoshli argentinalik yulduz uchun yubiley goli MLS doirasida «Monreal»ga qarshi o‘yinda qayd etildi. Ushbu bahsda Messi to‘rtta gol urib, poker rasmiylashtirdi. Uchrashuv 7:1 hisobida yakunlandi.
Inter Miami News Hub nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Messi professional klub karyerasida 800 ta gol urish uchun bor-yo‘g‘i 964 o‘yin kifoya qilgan. Bu ko‘rsatkich yangi rekord sifatida qayd etilmoqda.
Sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi bu borada Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi – portugaliyalik futbolchiga shuncha gol urish uchun 1060 ta uchrashuv kerak bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami»ga qo‘shilishidan oldin Messi PSJ va «Barselona» tarkibida to‘p surgan.