Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Putin o‘qituvchilar bilan uchrashuvda Ukraina urushi haqida g‘ayrioddiy misol keltirdi

Putin o‘qituvchilar bilan uchrashuvda Ukraina urushi haqida g‘ayrioddiy misol keltirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni bolalarga tushuntirishda Arktikadagi ozuqa zanjiri misolidan foydalanish mumkinligini aytdi. U bu fikrni o‘qituvchilar bilan uchrashuv chog‘ida bildirdi.

Putin Arktikada kosatkalar guruhi oq ayiqlarga hujum qilishi va ularni "mayda baliqlar kabi yeyishi" haqida misol keltirdi.

Rossiya prezidentining fikricha, maktab o‘quvchilariga tabiatdagi bunday ozuqa zanjirlarini tushuntirish orqali Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan harbiy harakatlari sabablarini ham izohlash mumkin.

U bunday misol bolalarga Rossiya nega "maxsus harbiy amaliyot" o‘tkazayotganini anglashga yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.

Rossiya hukumati va rasmiylari 2022 yilda Ukrainaga qarshi boshlangan urushni rasmiy bayonotlarda "maxsus harbiy amaliyot" deb atab keladi.

Kiritildi: 12:39 30.08.2026. O'qildi: 1119 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!