Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, Fransiyaning "Brest" klubi Muhammadrasul Abdumajidovni "Paxtakor"dan keyinchalik sotib olish huquqi bilan 1 yil muddatga ijaraga olmoqchi edi. Biroq "Paxtakor" rahbariyati va murabbiylar shtabi futbolchini legionerga aylanishga qarshi chiqishdi.
Qizig‘i "Paxtakor"da markaziy himoyada Zayd Tahsin va Murtazo Puraliganji kabi legionerlar bor. Undan tashqari Dilshod Abdullayev bir necha yildan buyon asosiy tarkibga kirishni kutib yashamoqda.
Afsuski tarixda ilk bor O‘zbekiston chempionatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri TOP-5 chempionatiga transfer amalga oshmay qoldi.