Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Bu bosib olingan hudud emas. Bu bizning yerimiz..."

"Bu bosib olingan hudud emas. Bu bizning yerimiz..."
Isroilning BMTdagi elchisi Denni Danon G‘arbiy Sohilning tarixiy va Bibliyadagi huquqlari haqida gapirdi "Bizning G‘arbiy Sohilga huquqlarimiz bor. Bu bosib olingan hudud emas. Bu bizning yerimiz. Bizning bu yerga tarixiy huquqlarimiz bor. Bizning bu yerga hatto Bibliyadagi huquqlarimiz ham bor." Nega Isroil «bu yerlar bizniki, tarixiy haqqimiz bor» deydi? Asosiy argumentlari tarixga borib taqaladi: - Qadimgi Isroil va Yahudo podshohliklari aynan shu hududlarda mavjud bo‘lgan. - Hozirgi G‘arbiy Sohil hududida Quddus, Xevron, Baytullahm, Shxem (Nablus) kabi yahudiy tarixi va dini uchun juda muhim joylar bor. - Yahudiylar bu hududni ko‘pincha «Yahudiya va Samariya» (Judea and Samaria) deb atashadi. 1920–1940-yillarda ham bu hududda yahudiy jamoalari yashagan, ammo arab aholisi asrlar davomida asosiy aholi qatlamlaridan biri bo‘lgan. Asosiy savol — tarixiy aloqa hududga egalik huquqini beradimi? Xalqaro huquq nuqtai nazaridan — yo‘q. 1967 yilgi Olti kunlik urushda Isroil G‘arbiy Sohilni, jumladan Sharqiy Quddusni Iordaniyadan tortib oladi. Shundan beri xalqaro huquqda G‘arbiy Sohil Isroil tomonidan bosib olingan/okupasiya qilingan hudud sifatida qaraladi. 2024 yilda Xalqaro sud (ICJ) yana bir bor G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusni 1967 yildan beri bosib olingan Falastin hududi tan olgan. Sud Isroilning bu hududdagi posyolkalari xalqaro huquqni buzadi, degan xulosaga kelgan. Isroilning da’vosi asosan qadimgi tarix, diniy meros va yahudiy xalqining bu hudud bilan tarixiy bog‘liqligiga tayanadi. Falastin tomoni esa uzluksiz aholi yashashi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi va zamonaviy xalqaro huquqqa tayanadi. Xalqaro huquqning amaldagi asosiy pozisiyasi esa G‘arbiy Sohilni Falastin hududi, Isroilni esa okkupasiya qiluvchi davlat sifatida ko‘radi.
Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!