Binyamin Netanyahuning o‘g‘li hayotiga xavf tug‘ilgani sababli AQShdan shoshilinch evakuasiya qilindi — The Jerusalem Post.
Nashrning xabar berishicha, Yair Netanyahu qo‘riqchilar hamrohligida, o‘z narsalarini ham olmasdan Floridani tark etgan.
Isroil xavfsizlik xizmati uning xavfsizligiga nisbatan “jiddiy xavf” bo‘lganini, shu sababli uni zudlik bilan Isroilga qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron uning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishga uringanini ma’lum qilgan, ammo buning tafsilotlarini ochiqlamagandi.