Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi

Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi

MLS muntazam chempionati doirasida «Inter Mayami» va «Monreal» o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bahs Florida klubining 7:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida Lionel Messi poker qayd etdi. Argentinalik futbolchi o‘z gollaridan ikkitasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan kiritdi.

Shu tariqa, Messining faoliyati davomida jarima zarbalaridan urgan gollari soni 74 taga yetdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u Jair da Roza Pinto bilan tenglashib, 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Rekord esa 78 ta jarima zarbasidan gol urgan Marselinyoga tegishli.

Kiritildi: 12:27 30.08.2026. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!