Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning o‘g‘li Yair Netanyaxu unga qarshi hujum tayyorlanayotgani haqidagi ogohlantirishdan so‘ng AQShni tark etib, Isroilga qaytdi.
Bu haqda The Jerusalem Post nashri Isroil umumiy xavfsizlik xizmati — SHABAK ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
"Yair Netanyaxuga zarar yetkazish bo‘yicha jiddiy tahdid haqiqatan ham mavjud edi. Vaziyat baholangach, uni qo‘riqlash guruhi bilan birga shoshilinch ravishda Isroilga evakuasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi idora bayonotida.
Qayd etilishicha, Yair Netanyaxu AQShni shoshilinch tarzda tark etgan va hatto ayrim shaxsiy buyumlarini ham qoldirib ketgan.