Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Sadir Japarov kuch tuzilmalariga topshiriq berdi

Sadir Japarov kuch tuzilmalariga topshiriq berdi

Bishkek yaqin kunlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan Qirg‘iziston poytaxtida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Prezident Sadir Japarov 29 avgust kuni xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga jalb etilgan kuch tuzilmalari faoliyati bilan tanishdi. Davlat rahbari maxsus tadbir doirasida navbatchilik qilayotgan xodimlarning tayyorgarligi, xizmat texnikasi va zarur vositalarini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuvda huquq-tartibot idoralari rahbarlari mamlakat rahbariga amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Japarov xalqaro delegasiyalar va mahalliy aholi xavfsizligini ta’minlashda idoralar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ekanini ta’kidladi.

Prezident, ayniqsa, odamlar gavjum bo‘ladigan hududlarda tartibni nazorat qilish, xizmat intizomiga amal qilish va favqulodda holatlarga tayyor turish masalalariga e’tibor qaratdi.

Japarov mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan har qanday urinishlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini bildirdi. U kuch tuzilmalari xodimlarini tashqi provokasiyalarga berilmaslikka chaqirdi.

Shu bilan birga, Qirg‘izistonda huquq-tartibot idoralarining moddiy-texnik imkoniyatlarini oshirish va xodimlar uchun munosib ijtimoiy sharoit yaratish ishlari davom etayotgani qayd etildi.

Kiritildi: 15:27 30.08.2026. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!