Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Surxondaryoda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘limi boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

Surxondaryoda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘limi boshlig‘i pora olayotganda ushlandi

Surxondaryo viloyatida tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Sho‘rchi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i E.E. tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbari S.X.ga MTMning 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikatlarini berishini va’da qilib, 2,1 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:46 22.09.2026. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!