O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari chorak finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
"D" guruhida Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Bahsda koreyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni birinchi o‘rinda yakunladi.
Shundan so‘ng O‘zbekistonning pley-offdagi raqibi Saudiya Arabistoni bo‘lishi aniqlashdi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun kechadigan O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvi 25 sentyabr kuni "Mizuxo" stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da start oladi.