Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Zidan meni “Real”ning mashg‘ulot bazasiga olib borganida 13 yoki 14 yoshda edim"

"Zidan meni “Real”ning mashg‘ulot bazasiga olib borganida 13 yoki 14 yoshda edim"

Mbappe Zidanning Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi haqida gapirdi.

«Yangi murabbiy bilan yangi bosqich boshlanmoqda. Oldimizda Millatlar ligasidagi to‘rtta uchrashuv bor. Bu barchamiz uchun yangi tajriba bo‘ladi, chunki shu paytgacha faqat Deshamni bilardik. O‘zgarishlar bo‘ladi, ammo barchasi juda yaxshi kechishiga ishonaman.

Zidan meni “Real”ning mashg‘ulot bazasiga olib borganida 13 yoki 14 yoshda edim. Endi esa u mening milliy terma jamoam bosh murabbiyi. Bu xuddi film syujetiga o‘xshaydi, ammo barchasi haqiqiy va eng yuqori darajada.

Fransiya terma jamoasida yangi bosqichni boshladik. Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun oldimizda ikki yil bor va hozir aynan shuning ustida ishlayapmiz».

Kiritildi: Bugun 11:17. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!