Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Dunyoda yangi ittifoq paydo bo‘lmoqda: P4M

Dunyoda yangi ittifoq paydo bo‘lmoqda: P4M

Evroittifoq va Kanada yangi xalqaro alyans tuzmoqda. Unda AQSH, Xitoy va Rossiya yo‘q. P4M deb nomlangan bu tuzilma Nyu Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi doirasida taqdim etiladi. Yevroittifoq va Kanadadan tashqari bu tashabbusga Braziliya, Keniya, Hindiston hamda Avstraliya ham qo‘shildi.

Alyans ochiq formatda bo‘lib, kelajakda unga boshqa mamlakatlar ham a’zo bo‘lishi mumkin.

Ishtirokchilar xalqaro hamkorlikni va BMTning rolini kuchaytirishni, shuningdek, sun’iy intellekt, iqlim o‘zgarishi va pandemiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikda ishlashni xohlaydilar. Tashabbuskorlar turli siyosiy an’analarga ega mamlakatlar o‘rtasida «ko‘priklar qurish» zarurligini ta’kidlamoqda.

Yangi guruh yirik davlatlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi va an’anaviy xalqaro formatlarning inqirozi fonida paydo bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:05. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!