Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 Vyetnamni yengib, guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston U-23 Vyetnamni yengib, guruhni 100 foizlik natija bilan yakunladi

Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasining guruh bosqichi 3-turida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Vyetnam U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov shogirdlari 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Bahsdagi gollarga Muhammadali O‘rinboyev (5) va Nurlan Ibraimov (67) mualliflik qildi. Shu tariqa, O‘zbekiston raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz C guruhida 9 ochko bilan peshqadam bo‘ldi. Vyetnam 4 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi. Filippin 3 ochko bilan uchinchi, 1 ochkosi bor Quvayt to‘rtinchi bo‘ldi.

Kiritildi: 12:20 22.09.2026. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!