Bugun, 25 oktyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turi doirasida navbatdagi uchta uchrashuv o‘tkaziladi.
Kunning ilk bahsi Olmaliqda bo‘lib o‘tadi. Unda OKMK o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 16:00 da boshlanadi.
Mazkur bahs oldidan OKMK 24 ta uchrashuvda 39 ochko to‘plab, turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. "Qo‘qon-1912" esa 23 ochko bilan 14-pog‘onadan joy olgan.
Soat 18:00 da Navoiyning "Qizilqum" klubi Toshkentning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ayni paytda "temiryo‘lchilar" 39 ochko bilan 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Qizilqum" 33 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.
Kunning so‘nggi uchrashuvi Samarqandda o‘tkaziladi. Mahalliy "Dinamo" klubi o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qiladi. Ikki jamoa ham 24 ta o‘yindan keyin 30 ochkodan jamg‘argan. Shu bois o‘zaro bahs turnir jadvalidagi o‘rinlar uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Superliga. 25-tur
25 oktyabr, yakshanba
16:00. OKMK – "Qo‘qon-1912"
18:00. "Qizilqum" – "Lokomotiv"
18:15. "Dinamo" – "Andijon"