Rossiya armiyasining Ukrainaning Sumi shahridagi turar-joy hududiga raketa hujumi natijasida jarohatlanganlar soni 74 kishiga yetdi. Bu haqda Sumi shahar kengashi xabar berdi.
Jarohatlangan orasida 13 nafar bola borligi aytilmoqda.
Bayonotga ko‘ra, hujum natijasida gaz va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lgan.
Sumi viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 24 mart kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 14:00 da Rossiya qo‘shinlari Sumi shahrining aholi zich joylashgan hududiga raketa zarbasi bergan.
Hujum oqibatida ko‘p qavatli uylar va ta’lim muassasasi zarar ko‘rgan.
Sumining vaqtincha meri Artem Kobzar Rossiyaning shaharga hujumi oqibatida 28 kishi jarohatlangani haqida avvalroq ma’lum qilgandi.