Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Sud apparati xodimlari ochiq tanlov asosida ishga olinadi

Sud apparati xodimlari ochiq tanlov asosida ishga olinadi

Farmonga ko‘ra, HR-menejment mexanizmlaridan keng foydalangan holda sudlar apparatining kadrlarini boshqarish va nazorat qilishning samarali va zamonaviy tizimi joriy etiladi. Unga ko‘ra 2026 yil yakuniga qadar:

🔹 nomzodlarning shaxsiy va kasbiy fazilatlari, shu jumladan, ularning ma’naviy-axloqiy va halollik sifatlarini haqqoniy baholash imkonini beruvchi ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi joriy etiladi;

🔹 vakant lavozimlarni e’lon qilish va nomzodlarni saralash jarayonlarini raqamlashtirishga mo‘ljallangan “vacancy.sud.uz” portali hamda sud tizimida xodimlar bilan ishlashga qaratilgan “SudHR” elektron platformasi ishlab chiqilib, ishga tushiriladi;

🔹 sudlarga oliy yuridik ma’lumot va ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilishda respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

2026 yil sentyabrgacha Odil sudlov akademiyasida sudyalar va sud apparati xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning boshqa ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha “real keyslar”ga asoslangan o‘quv-amaliy moduli joriy etiladi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!