Prezidentning “Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–22-son, 21.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yildan sport kurashlari bo‘yicha quyidagi musobaqalar muntazam o‘tkazib boriladi:
O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.
Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi
2026/2027 o‘quv yilidan har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi.
Sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi.