Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Soliq inspektorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

Soliq inspektorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati Sall-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Xizmatning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Yunusobod tumani Soliq inspeksiyasining 2 nafar inspektori o‘zaro til biriktirgan holda, xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorga “Chilonzor buyum bozori kompleksi” AJdan 3 ta savdo do‘konini ijaraga olishda yordam berishni va’da qilishgan.

Ular o‘zlarining tanishlari orqali tadbirkorga tegishli MCHJni ochiq savdo tenderida g‘olib bo‘lishini ta’minlash va do‘konlarni ijaraga olish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida soliqchilar so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:56. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!