Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sog‘lig‘imni tiklash uchun ishxonamdan moddiy yordam olsam bo‘ladimi?

Sog‘lig‘imni tiklash uchun ishxonamdan moddiy yordam olsam bo‘ladimi?

– Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Oyog‘im sinib, bir oy ishga chiqmadim. Tibbiy muolajalar uchun ishxonamdan moddiy yordam olsam bo‘ladimi?

– Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatilishi belgilangan.

Siz og‘ir kasallikka chalinmagansiz. Shuning uchun sizning moddiy yordam so‘rab yozgan arizangiz rad etiladi.

Kiritildi: 11:27 04.05.2025. O'qildi: 616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!