Ukraina qurolli kuchlari Ukrainaning Donesk viloyatidagi yetti aholi punkti ustidan nazoratni tikladi.
Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
"Ukraina mudofaa kuchlarining Donesk viloyatida, Dobropillia yo‘nalishidagi operasiyasi davom etmoqda. Harbiy kuchlarimiz dushman mudofaa chizig‘iga 3-7 kilometr oldinga o‘tib bormoqda.
Ettita aholi punktida nazorat tiklandi, to‘qqiztasi dushmanning sabotaj va razvedka guruhidan tozalandi.
Amaliyot davomida jami 160 kvadrat kilometr maydon ozod qilindi, yana 171 kvadrat kilometr hudud sabotaj va razvedka guruhlaridan tozalandi", — dedi Sirskiy.
Uning ta’kidlashicha, bu davrda Rossiyaning shaxsiy yo‘qotishlari 2456 kishini tashkil etgan, shundan 1322 nafari tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishdir.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari Donesk viloyatida muvaffaqiyatli qarshi hujum operasiyasini o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.
"Oxirgi bir necha haftada biz qarshi hujum operasiyalarimizdan birini o‘tkazdik. Yigitlar zo‘r ish olib bormoqda. Bu Donesk sektorida, Pokrovsk va Dobropillya yaqinida. Shiddatli janglar bo‘ldi, biroq biz rossiyaliklarga katta yo‘qotishlar yetkazishga muvaffaq bo‘ldik", - dedi Ukraina rahbari videomurojaatida.