Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar bu haqda avgust oxirida Pentagonda Yevropa diplomatlari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
"Avgust oxirida Pentagon vakillari yevropalik diplomatlar bilan uchrashib, AQSh Latviya, Litva, Estoniya va Rossiya bilan chegaradosh barcha NATO a’zolariga xavfsizlik sohasidagi yordamning bir qismini to‘xtatishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan", deb yozadi nashr.
Reuters manbasining so‘zlariga ko‘ra, Pentagon vakili Devid Beyker diplomatlarga Yevropa Qo‘shma Shtatlarga kamroq bog‘liq bo‘lishi kerakligini aytgan.