AFP: 10 ta davlat 22 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tadigan konferensiyada Falastinni tan oladi.
Bu haqida AFP xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Andorra, Avstraliya, Belgiya, Kanada, Lyuksemburg, Portugaliya, Malta, Fransiya, Buyuk Britaniya va San-Marino Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishi kutilmoqda.