Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ukraina butun tun davomida Rossiyaning ommaviy hujumlari ostida bo‘ldi — Ukraina prezidenti

Ukraina butun tun davomida Rossiyaning ommaviy hujumlari ostida bo‘ldi — Ukraina prezidenti

Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Ukrainaga 40 ta qanotli va ballistik raketa, shuningdek, turli xildagi taxminan 580 ta dron bilan hujum qilgan.

Zelenskiyning aytishicha, Ukrainaning Dnepr, Nikolayev, Chernigov, Zaporoje, Poltava, Kiyev, Odessa, Sumi va Xarkov viloyatlariga zarbalar berilgan.

"Afsuski, tunggi hujumlar oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar yaralandi. Har bir bunday hujum bu harbiy zarurat emas, balki Rossiyaning tinch aholini qo‘rqitish va infratuzilmamizni vayron qilishga qaratilgan ongli strategiyasidir", — dedi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: 13:54 20.09.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!