Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil raketalar va dronlarni yo‘q qilish uchun lazer qurolini namoyish etdi

Isroil raketalar va dronlarni yo‘q qilish uchun lazer qurolini namoyish etdi

Isroil dunyodagi birinchi jangga tayyor holdagi lazerga asoslangan havo mudofaa tizimini ishlab chiqishni yakunladi. Yangi qurol “Iron Beam” (ya’ni “Temir nur”) deb nomlandi va u dronlar hamda raketalarni lazer nurlari orqali yo‘q qilishi mumkin. Mutaxassislar buni texnologik inqilob va jang maydonidagi “o‘yinni o‘zgartiruvchi” (gamechanger) deb atashmoqda.

🔹 Asosiy afzallik — perexvat narxining juda arzonligi:

  • Patriot tizimi uchun bir raketa millionlab yevro tursa,

  • “Temir kupol” (Iron Dome) tizimi uchun snaryadlar 40 ming dollar atrofida bo‘lsa,

  • “Temir nur” uchun bir marotaba otish atigi bir necha yevroga tushadi.

🔹 Qo‘llanish imkoniyatlari:

  • Stasionar tarzda: chegaralar, aeroportlar, atom stansiyalarini himoya qilish uchun;

  • Mobil ko‘rinishda: frontdagi qo‘shinlarni himoya qilish uchun mashina shassisiga o‘rnatilishi mumkin.

Harbiy mutaxassislarning baholashicha, bu texnologiya Rossiya dronlari orqali qattiq yo‘qotishlarga uchrayotgan Ukraina uchun ham qutqaruvchi yechim bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, “Temir nur” mavjud raketaga qarshi eshelonlarni almashtirmaydi, balki to‘ldiruvchi vosita hisoblanadi.

«“Temir nur” barcha masshtabdagi tahdidlarni yakka o‘zi bartaraf etishi mumkin emas. U G‘azodan uchirilayotgan qo‘lbola raketalar yoki Yamandan uchirilayotgan dronlarga qarshi himoyada juda yaxshi qo‘shimcha vazifasini o‘taydi»,
— dedi BILD nashriga intervyuda qurollanish sohasi bo‘yicha mutaxassis Marsel Myuller.

Kiritildi: 14:02 20.09.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!