Qirg‘iziston rahbariyati poytaxtni ko‘chirishni o‘ylamayapti.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev poytaxtni Bishkekdan Manasga ko‘chirish haqidagi gap-so‘zlarga shunday izoh berdi.
“Agar Manas shahri Qirg‘iziston poytaxtiga aylansa, bu ajoyib bo‘lardi. Biroq, bunday masala hozirda kun tartibida emas. Agar bu masala qachonlardir ko‘tarilsa, xalq referendum orqali qaror qabul qilishi kerak”, deydi MXDQ raisi.