"Bunday variant yaqinda Ar-Riyod va Islomobod o‘rtasida imzolangan o‘zaro mudofaa shartnomasi fonida muhokama qilinmoqda", deya xabar bermoqda telekanal.
Al Jazeera ma’lumotiga ko‘ra, gap nafaqat harbiy mashg‘ulotlar va o‘quv dasturlarini kengaytirish haqida, balki Pokiston harbiy kontingentining qirollik hududida doimiy yoki vaqtinchalik joylashishi ehtimoli haqida ketmoqda.
Hozircha aniq qarorlar qabul qilinmagan, biroq ushbu masalaning muhokamaga qo‘yilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda “burilish nuqtasi” deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni va Pokiston 17 sentyabr kuni o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolagan edi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, ikki davlatdan biriga qilingan tajovuz, har ikkala mamlakatga qilingan hujum deb baholanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Pokiston yadroviy davlat hisoblanadi.