Holat 17-sentyabr kuni soat 14:18 larda Olmazor tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida jahl qilib, 2022- va 2024-yillarda tug‘ilgan ikki nafar o‘g‘il farzandini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgan.
So‘ngra o‘sha uyning 8-qavati yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga tashlagan. Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki nafar voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlab qolingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.