Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT konferensiyasida 10 davlat Falastin davlatini tan oladi

BMT konferensiyasida 10 davlat Falastin davlatini tan oladi

O‘nta davlat vakillari 22 sentyabr kuni BMTdagi konferensiya chog‘ida Falastin davlatligini tan olganliklarini e’lon qilish niyatida.

Bu haqda Yelisey saroyida davlat rahbarining Nyu-Yorkka BMT Bosh Assambleyasiga tashrifi oldidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning maslahatchisi so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, "O‘nta davlat Falastin davlatini tan olishni boshlash niyatida".

Uning ta’kidlashicha, Fransiyadan tashqari bu davlatlar qatoriga Andorra, Avstraliya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malta, Portugaliya va San-Marino kiradi. Fransiya rahbarining idorasi ham Isroilning G‘arbiy Sohildagi Falastin hududlarini bosib olishga urinishlarini qoralab, buning “aniq qizil chiziq” ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:45 20.09.2025. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!