O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo kubogi-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida Falastinga qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Uchrashuvda vakillarimiz yirik 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston - Falastin - 7:1
20 sentyabr, 15:00, «Milliy futbol akademiyasi sport majmuasi» (Bishkek)
Gollar: Akbar Usmonov (xet-trik), Muhammadali Husanboyev, Muzaffar Axadjonov, Husniddin Nishonov, Ilhomjon Hamroyev — Adnan Sallum
O‘zbekiston (boshlang‘ich beshlik): Abbosbek O‘lmasbekov, Shahzodjon Sa’diyev, Behruz Samiyev, Muzaffar Axadjonov, Eldor Nigmatov
Zaxira: Abror Axmedzyanov, Mashrab Adilov, Davlat Ibragimov, Ilhomjon Hamroyev, Akbar Usmonov, Husniddin Nishonov, Elbek To‘lqinov, Shavkat Ibragimov, Muhammadali Husanboyev