Polsha chegara xizmati Rossiyani Boltiq dengizidagi Petrobaltic burg‘ulash platformasining xavfsizlik zonasini buzganlikda aybladi.
Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiyaning ikki qiruvchi samolyoti ob’ektning xavfsizlik zonasi ichida past balandlikda parvoz qilgan.
"Polsha qurolli kuchlari va boshqa xizmatlar bu haqda xabardor qilindi", — dedi Polsha chegara xizmati.
Avvalroq Rossiyaning uchta MiG-31 to‘xtatuvchisi Estoniya chegarasini buzib, mamlakat havo hududida 12 daqiqa bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.