Bunga xakerlar tomonidan kiberhujumlar uyushtirishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan PHP dasturlash tilidagi kritik (jiddiy) zaiflik sabab bo‘lgan.
Dennik N portali xabar berishicha, saytlarni o‘chirish haqidagi buyruq Milliy kiberxavfsizlik boshqarmasi tavsiyasiga asosan mamlakat hukumati apparatidan kelib tushgan. Xususan, Slovakiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytiga kirish imkoni yo‘q.
Xuddi shunday choralar qo‘shni Chexiyada ham ko‘rilgan bo‘lib, u yerda Pragadagi Vaslav Gavel nomidagi xalqaro aeroport o‘z saytining ishini qisman cheklab qo‘ygan.
PHP dasturchilari aniqlangan zaiflik haqida 20 oktyabr kuni ma’lum qilishgan va xavfsizlik yangilanishini chiqarishgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, xavfli kimsalar PHPdan foydalanuvchi veb-serverlarda buyruqlarni masofadan turib bajarish imkonini beruvchi ushbu zaiflikdan hozirdanoq foydalanishga urinmoqdalar.