Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda xodimlar dam olish va bayram kunlari majburan ishlatilgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryoda xodimlar dam olish va bayram kunlari majburan ishlatilgani ma’lum bo‘ldi

Ombudsmanga “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat kelib tushdi.

Murojaat Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Tekshiruvda xodimlarning tushuntirish xatlari, Telegram tarmog‘idagi videolar hamda ishga chiqishga chaqirilgan audioyozuvlar o‘rganildi. Natijada xodimlarning dam olish kunlari ishga jalb qilingani o‘z tasdig‘ini topdi.

O‘rganish yakunida bo‘lim boshlig‘i A.P.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 41 mln 200 ming so‘m jarimaga tortildi.

Kiritildi: 16:31 14.09.2026. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!