Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Turkiya Superligasi. Eldor va Abbos o‘ynagan bahsda «Bashakshehir» 0:5 hisobida yutqazdi

Turkiya Superligasi. Eldor va Abbos o‘ynagan bahsda «Bashakshehir» 0:5 hisobida yutqazdi

Turkiya chempionatining 5-turida «Bashakshehir» safarda «Amedspor»dan javobsiz 5 ta gol qabul qilib oldi.

Istanbulliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda tushishdi. Ular ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi. Eldor bu mavsumda ilk bor maydonni golsiz tark etdi.

So‘nggi 4 o‘yinda atigi 1 ochko to‘plagan Nuri Shahin jamoasi 4 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi. «Amedspor» 10 ochko bilan 3-pog‘onaga ko‘tarildi.

Turkiya Superligasi. 5-tur

Amedspor — Bashakshehir 5:0

13 sentyabr, Diyorbakir stadioni

Gollar: Bayram (45+1, avtogol), Orban (51, 55, 74), Diane (83).

Amedspor — Lafont, Dellova, Xalil (Sisse, 63), Krasniki (Bulbul, 79), Orban (Diane, 79), Saba, Balet (Lutin, 85), Beyts, Meras, Raveloson, Soyalp (Ustundag, 84).

Bashakshehir — Dilmen, Kalujinski (Yildirim, 46), Bayram, Gunesh, Kemen, Operi, Opoku, Skov Olsen (Sari, 46), Shahiner (Karbovnik, 46), FAYZULLAYEV (Brnich, 63), SHOMURODOV (O‘zjan, 82).

Ogohlantirishlar: Operi (6), Gunesh (53), Krasniki (59).

Kiritildi: Bugun 06:25. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!